Med-Link – shifokorlar o’rtasida onlayn so'rovnoma o’tkazish bo'yicha birinchi o'zbek loyihasi bo'lib, ularning ekspert fikrini o'rganish uchun Proxima Research kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Loyihani ishlab chiqishdan asosiy maqsad, internetdan ish faoliyatida va shaxsiy maqsadlarda foydalanayotgan shifokorlarning soni o'sib borayotganligi. Shifokorlik kasbi doimiy ravishda yangilanish va zamonaviy bilimlarni o’rganishni talab qiladi. Aynan shu loyiha shifokorlarga ayrim kasalliklarni davolashda o‘z ekspert fikrlarini bildirish, tajriba almashish va hamkasblarining afzalliklarini o‘rganish imkonini beradi. Shunday qilib, so'rovnomada qatnashish natijasida, siz faol professional pozitsiyani egallagan holda, tibbiyot va farmatsevtika sohasida ob'ektiv ma'lumot olishga yordam berasiz. Loyiha tashkilotchisi Proxima Research kompaniyasi so'rovnomada qatnashish natijasida, Siz tomoningizdan taqdim etilgan shaxsiy ma'lumotlaringiz, Sizning roziligingizsiz uchinchi shaxslarga berilmasligini va faqat statistik maqsadlarda foydalanilishini kafolatlaydi.
Hurmat bilan Proxima Research kompaniyasi
loyihada ishtirok etish uchun- ro`yhatdan o`ting
Agar Siz avval sms-xabar orqali parol olgan bo’lsangiz tugmani bosing